Главная » 2020 » Август » 13 » Chorvoqda cho‘milishga ruxsat berildi
13:00

Chorvoqda cho‘milishga ruxsat berildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 12-avgust, chorshanba kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 15-avgustdan karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha berilgan topshiriqlar doirasida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv omborida aholiga cho‘milish va ko‘ngilochar vositalar borasida barcha cheklovlar yechilib, ulardan foydalanishga ruxsat berildi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Agentlik xabariga ko‘ra, bosh vazir o‘rinbosari, Respublika maxsus komissiyasi a’zosi Aziz Abduhakimov ushbu ma’lumotni tasdiqlagan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan 8-avgustda Chorvoq suv ombori havzasining sanitariya muhofazasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan. Hujjat loyihasida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “O‘zbekgidroenergo” AJning Chorvoq suv omborida motorli qayiqlar, katerlar, yaxtalar, gidrotsikl va boshqa suzuvchi vositalardan foydalanilish va aholining cho‘milishini taqiqlash bo‘yicha takliflari inobatga olib, 2020-yil 1-avgustdan boshlab Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Chorvoq suv omborida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan motorli qayiqlar, katerlar, yaxtalar, gidrotsikl va boshqa suzuvchi vositalardan foydalanish hamda plyajlar tashkil etish va suv omborining qirg‘og‘i perimetri bo‘ylab aholining cho‘milishini qat’iyan taqiqlash taklif qilingandi.

Undan avval Vazirlar Mahkamasining pandemiyadan keyin turizmni tiklashga qaratilgan qarorida Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv omborida skuterlar va motorli qayiqlardan foydalanish taqiqlab qo'yilgan.

Taqiq motorli bo‘lmagan qayiqlarga, muqobil energiya manbalari orqali harakatlanuvchi suv transportiga, maxsus motorli qayiqlarga, vazirliklar va idoralarning vakolatli suv transportlariga taalluqli emas deb belgilangan. Chirchiq daryosi va uning irmoqlari bo‘yida suzish, avtoulovlarni yuvish va maishiy chiqindilarni tashlash ham taqiqlangandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: cho‘milishga, ruxsat berildi, Chorvoqda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя