Главная » 2022 » Август » 17 » Braziliyalik deputatlar O‘zbekistonni Braziliyada elchixona ochishga chaqirdi
19:51

Braziliyalik deputatlar O‘zbekistonni Braziliyada elchixona ochishga chaqirdi


O‘zbekiston elchisi Javlon Vahobov Braziliyaga tashrifi davomida ushbu mamlakatning Milliy kongressi (parlamenti) deputatlar kengashi deputatlari Sorayya Santos, Luiza Kansiani, Pedro Vilela va Rubens Buenolar bilan alohida muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

 

Ta’kidlanishicha, uchrashuvlar davomida braziliyalik deputatlar O‘zbekistonda ichki iqtisodiyotni liberallashtirish va uning barqaror o‘sishini ta’minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, birinchi navbatda, parlament faoliyatini takomillashtirish, tashabbuskorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning asosiy natijalari bilan yaqindan tanishtirilgan.

Respublikaning tashqi siyosati, mamlakatning yaqin va o‘rta muddatli istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, Braziliya bilan o‘zaro manfaatli savdo va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Deputatlar kengashi vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib, Braziliya O‘zbekiston prezidenti rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlarni diqqat bilan kuzatib kelishini ma’lum qildi.

Xalqaro alaqolar kotibiyati boshlig‘i Sorayya Santosning aytishicha, O‘zbekistonning jahon miqyosidagi o‘z o‘rni va ahamiyatini mustahkamlash borasida Braziliya har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lgani barobarida ko‘p qirrali hamkorlikni, birinchi navbatda, parlamentlararo aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor.

Tashqi ishlar va mudofaa qo‘mitasi prezidenti Pedro Vilela O‘zbekiston Braziliyada o‘z elchixonasini ochishga va o‘zaro diplomatiya aloqalari ko‘lamlarini yanada kengaytirishga chaqirdi. Deputat mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama manfaatli munosabatlarni rivojlantirish yo‘lida barcha imikoniyatlarini safarbar etishga tayyor ekanini bildirdi.

O‘z navbatida, Rubens Bueno Janubiy Amerikaning eng yirik mamlakati Markaziy Osiyo davlatlari, ayniqsa, O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlariga urg‘u berdi. Uning fikricha, tomonlar soya yetishtirish, go‘sht eksporti, paxtani qayta ishlash hamda ishlab chiqarish, turizm, havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda aniq maqsadli muzokaralar olib borishi lozim.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Deputatlar, O‘zbekistonni, Braziliyalik, chaqirdi, ochishga, Braziliyada, elchixona | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя