Главная » 2022 » Август » 24 » Senatdan norozi Deputatlar Prezidentga chiqmoqchi
15:14

Senatdan norozi Deputatlar Prezidentga chiqmoqchi


Bir necha kun avval Senat nikohlanuvchi shaxslar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tganlaridan so‘ng 1 oylik muddatni kutmasdan istalgan vaqtda nikohdan o‘tishlari mumkinligini ko‘zda tutuvchi qonunni rad etgan, hatto kelishuv komissiyasi tuzish taklif etilmagan edi.

Bunga Qonunchilik palatasi deputatlari norozilik bildirmoqda.

“Agar shunday bo‘lsa, avval Senatdan so‘rab, so‘ng qonunni qabul qilaylik”, – dedi deputat Doniyor Gʻaniyev Oliy Majlis yuqori palatasi rad etgan qonun haqida.

“Milliy tiklanish” lideri Alisher Qodirov esa qonunga partiya fraksiyasi qarshilik qilganini aytgan.

Shuningdek, deputat Rasul Kusherbayev o‘z Telegram kanalida Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 21 iyunda qabul qilingan va 2022 yil 4 avgustda Senat tomonidan rad etilgan “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasida qayta ko‘rib chiqishdan olib tashlanib, Vazirlar Mahkamasiga yuborish haqidagi masalani deputatlarning ko‘pchiligi qo‘llab-quvvatlamagani haqida yozdi.

Kusherbayevning ta’kidlashicha, deputatlar Senat rad etgan ushbu qonun loyihasi jamiyat uchun muhim va amaliyotda odamlarni ortiqcha sarson bo‘lishining oldini oladi, deb hisoblashadi va bir qator deputatlar vakolatdan foydalanib qonun loyihasini qayta qabul qilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Prezidentga imzoga yuborish zarurligini bildirmoqda.

Biroq shu kungacha deputatlar ushbu vakolatdan foydalanishmagan.

“Qonun loyihasida:

➖ FHDYO organi tomonidan nikoh tuzishga bir oyda ruxsat beruvchi qoidani chiqarib tashlash;

➖ ellik yoshdan oshgan nikohlanuvchi yoki o‘rtada bolasi bo‘lgan nikohlanuvchi shaxslar, shuningdek, homilador ayol va tug‘ilajak farzandni o‘z bolasi, deb tan oluvchi shaxs uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish ixtiyoriy ekanligini belgilash ko‘zda tutilgan.

Bizningcha loyihadagi takliflar hayotiy va zarur ahamiyatga ega”, – deydi Rasul Kusherbayev.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Senatdan, Prezidentga, norozi, Deputatlar, chiqmoqchi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя