Главная » 2023 » Май » 22 » Andijonda 20 yoshli qizga tanasini salondan chiqargani uchun chora ko‘rildi
16:40

Andijonda 20 yoshli qizga tanasini salondan chiqargani uchun chora ko‘rildi


Andijonda 20 yoshli qiz avtomobil harakatlanayotgan vaqtda tanasini salondan chiqargani uchun qonuniy chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, shu yilning 18 may kuni soat 23:50 larda, Asaka tuman hududida 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.O. o‘zining Gentra'sida tanishining tavallud ayyomidan uyiga qaytib kelayotgan bo‘lgan. Shu vaqtda u bilan birga kelayotgan 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro M.V. transport vositasining salon qismidan tanasini chiqarib harakatlangan holat boshqa bir fuqaro tomonidan videoga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga joylangan.Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlarga nisbatan tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rilib, boshqarma boshlig‘ining 1-o‘rinbosari ishtirokida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: salondan, chiqargani, 20 yoshli, uchun, tanasini, ANDIJON, ko‘rildi, chora, qizga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя