Главная » 2022 » Август » 29 » Toshkentda qarama-qarshi yo‘nalishda tomosha ko‘rsatgan “shumaxer”ga chora ko‘rildi
19:59

Toshkentda qarama-qarshi yo‘nalishda tomosha ko‘rsatgan “shumaxer”ga chora ko‘rildi


Ijtimoiy tarmoqlarda Lacetti rusumli transport vositasi yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib harakatlangani aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati mazkur holatga munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 24 avgust kuni taxminan soat 22:20 larda 1986 yilda tug‘ilgan J.M. Lacetti rusumli transport vositasini tegishli hujjatlarsiz, haydovchilik guvoxnomasiga ega bo‘lmagan holda boshqarib, Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida yo‘lning qarama-qarshi tomonida harakatlangan.

Huquqbuzarlik sodir etgan J.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi 2-qismi, 135-modda, 194-modda bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan. 

To‘plangan hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudiga taqdim etildi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: chora, qarshi, Tomosha, Qarama, yo‘nalishda, shumaxerga, ko‘rildi, Toshkentda, ko‘rsatgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя