Главная » 2022 » Октябрь » 6 » Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti 82 yoshli fransuz yozuvchisiga berildi
17:40

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti 82 yoshli fransuz yozuvchisiga berildi


2022 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti fransuz yozuvchisi Anni Ernoga berildi. Bu haqda bugun, 6 oktabr kuni Nobel qo‘mitasi matbuot xizmati maʼlum qildi. 

Qayd etilishicha, Erno mukofotni begonalashuvning kelib chiqishi va shaxsiy xotiraning jamoaviy cheklovlarini ochib bergan jasorati va klinik aniqligi uchun olgan.

“Ernoning barcha kitoblari avtobiografikdir. Hammasi uning shaxsiy, doimo og‘riqli va hatto travmatik tajribasini tasvirlaydi. Bu matnlar terapevtik xatlarning bir turi bo‘lib, ular yordamida Erno voqealarda yashaydi, tajribani o‘zlashtiradi, og‘riqni chiqaradi”, deydi Ernoning “Voqea” va “Ayol” kitoblarini tarjima qilgan Mariya Krasovitskaya.

Mukofot favoritlari orasida fransuz Mishel Uelbek va asli Hindistondan bo‘lgan britaniyalik Salmon Rushdi ham bor edi.

Maʼlumot uchun, Anni Erno 1940 yil 1 sentyabrda Lillebonna shahrida tug‘ilgan. U  birinchi romani "Les Armoires vides" (Bo‘sh shkaflar) 1974 yilda nashr etilgan. Arnoning eng mashhur asarlari qatoriga “Hodisa”, “Ayol”, “Oddiy ehtiros”, “Hokimiyatda”, “Yillar”, “Boburdagi ziyofat” va “Hayotdagi o‘rin” kitoblari kiradi.

Eslatib o‘tamiz, kimyo bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti amerikalik Karolin Bertotssi, daniyalik Morten Meldal va amerikalik Barri Sharplessga berildi. 4 oktabr kuni fizika bo‘yicha Nobel mukofoti Alen Aspe, Jon Klauzer va Anton Saylingerga berildi. 3 oktabr kuni esa fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti shved biologi Svante Peaboga topshirildi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: berildi, Nobel, 82, yoshli, Adabiyot, yozuvchisiga, fransuz, bo‘yicha, mukofoti | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя