Главная » 2017 » Январь » 28 » 2016 yil yakunlari bo‘yicha “E’tirof” mukofoti taqdimoti o‘tkaziladi
13:21

2016 yil yakunlari bo‘yicha “E’tirof” mukofoti taqdimoti o‘tkaziladi


Madaniyat va sport ishlari vazirligi taklifi bilan madaniyat, san’at, sport va ijodiyot sohasida "E’tirof” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi 2017 yil 14 fevral kuni o‘tkaziladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda

Tadbirni yuqori saviyada tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 yanvardagi "Madaniyat, san’at, sport va ijodiyot sohasidagi "E’tirof” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimini o‘tkazish to‘g‘risida”gi majlis bayoni qabul qilingan.

Mazkur majlis bayoni bilan "E’tirof” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimini tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha respublika Tashkiliy-ijodiy guruhi hamda nomzodlarni saralovchi Badiiy kengash tashkil etilgan.

"E’tirof” mukofoti "Teatr, kino va ommaviy tomoshalar”, "Estrada, an’anaviy, opera xonandaligi, musiqa ijrochiligi va raqs san’ati”, "Tasviriy va amaliy san’at”, "Badiiy ijod, jurnalistika va televidenie”, "Sport”, "E’tibor, ehtirom, e’zoz” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi.

"E’tirof” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi 2017 yil 14 fevral kuni "Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: 2016 yil yakunlari, bo‘yicha, E’tirof-2016, taqdimoti o‘tkaziladi, mukofoti | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя