Главная » 2016 » Ноябрь » 7 » Abdulla Oripov seshanba kuni Toshkentda dafn etiladi
17:10

Abdulla Oripov seshanba kuni Toshkentda dafn etiladi


2016-yil 5-noyabrga o‘tar kechasi Xyuston shahridagi (AQSh, Texas shtati) kasalxonada O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi matni muallifi, O‘zbekiston Qahramoni va xalq shoiri Abdulla Oripov og‘ir kasallikdan so‘ng 75 yoshida vafot etdi.

Marhumning jasadini O‘zbekistonga olib kelishga va o‘z vatanida dafn qilishga qaror qilgan Abdulla Oripovning oila a‘zolariga yordam berish uchun O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi Elchixonasiga konsullik va boshqa masalalarni zudlik bilan hal qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati. 

Shoir Muhammad Ismoilning Facebook`dagi sahifasida ma’lum qilinishicha, marhumning jasadi ortilgan samolyot Amerikadan bugun soat 20:00 da yetib keladi. Abdulla Oripov 8 noyabr, seshanba kuni peshinda poytaxtdagi Chig‘atoy qabristoniga dafn etiladi. 

Sayt jamoasi nomidan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdarlik bildiramiz.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: dafn etiladi, toshkent, Abdulla Oripov, seshanba, kuni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя