Главная » 2022 » Май » 6 » Toshkentda 9-may kuni bayram salyuti tashkil etiladi
20:44

Toshkentda 9-may kuni bayram salyuti tashkil etiladi


O‘zbekistonda 236 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va nogironlariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha reja ishlab chiqildi. Bu haqda 6-may kuni AOKAda Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Otabek Yo‘ldoshev ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, 236 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va nogironlariga 15 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti, “Yangi O‘zbekiston” majmuasidagi “Mustaqillik monumenti”ning statuetkali qimmatbaho sovg‘a va Shavkat Mirziyoyevning tabrigi, shuningdek, vazirlik va idoralar, hokimliklar tomonidan ta’sis etilgan sovg‘alar topshiriladi.

Bundan tashqari, 9-may kuni soat 21:00 da Toshkentda 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram salyuti tashkil etiladi.

Avvalroq “Yuksalish” umummilliy harakati O‘zbekiston fuqarolaridan 9-may sanasini ortiqcha siyosiylashtirmaslikni so‘ragan edi.

 

Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: etiladi, kuni, salyuti, bayram, toshkent, 9-may, tashkil | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя