Главная » 2017 » Март » 12 » 4 yoshli qiz buvisiga yordam berish uchun 8 kilometr masofani bosib o‘tdi
13:08

4 yoshli qiz buvisiga yordam berish uchun 8 kilometr masofani bosib o‘tdi


Tuvada 4 yoshli qiz tobi qochgan buvisiga yordam berish uchun Tayga o‘rmonlarida 8 kilometr masofani yolg‘iz bosib o‘tdi. Bu haqda FlashSiberia xabar berdi.

Bu voqea fevral oyida sodir bo‘lgan. Biroq ushbu hodisa haqidagi ma’lumot endigina ommaga oshkor qilindi.

Gap shundaki, Tayga o‘rmonlarida keksa va betob buvisi hamda ko‘zi ojiz buvasi bilan yashovchi 4 yoshli qizaloq ayolning qimirlamay qo‘yganini sezgach, unga yordam berishga shoshilgan.

Qizaloq buvasiga buvisining ahvoli yomonlashganini aytgach, ko‘zi ojiz keksa qo‘lidan hech narsa kelmasligini bilib, qizaloqni uzoqqa, qo‘shnilarni chaqirish uchun yubrishga qaror qilgan.

Salgana ismli bu qizaloq 4 soat davomida tayga o‘rmonlarida, kuchli sovuq ob-havo sharoitida 8 kilometrlik masofani yolg‘iz bosib o‘tib, cho‘ponlar to‘xtaydigan joygacha yetib borgan. O‘sha joydan qo‘shnilarga qo‘ng‘iroq qilgan.

Oradan bir necha soat o‘tib, shifokorlar va qo‘shnilar keksalar yashaydigan uyga yetib kelgan.
Biroq, ayol ular borgunga qadar vafot etgan. Tahminlarga ko‘ra, ayol o‘limiga infarkt sabab bo‘lgan.

“Salangani mukofotga tavsiya etmoqchimiz. U o‘ta qiyin vazifani uddaladi. 8 kilometrni sovuqda bir o‘zi bosib o‘tgani sababli, ayni vaqtda u shifoxonada”, deydi FVX vakili.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: bosib o‘tdi, 4 yoshli qiz, buvi, 8 kilometr, uchun, yordam berish, masofa | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя