Главная » 2017 » Август » 21 » 19 avgust kuni Toshkentda 6 ta YTH sodir bo‘ldi
12:33

19 avgust kuni Toshkentda 6 ta YTH sodir bo‘ldi


Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi shu yil 19 avgustda ro‘y bergan yo‘l-transport hodisalari yuzasidan axborot berdi.

Unga ko‘ra, shu kuni Toshkent shahrida jami 6 ta avtohalokat ro‘y bergan. Buning oqibatda 7 kishi yaralangan, 1 kishi halok bo‘lgan.

19 avgust, shanba kuni Toshkent shahar yo‘l patrul xizmati inspektorlari tomonidan 2,886 ta huquqbuzarlik bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Ularning 769 tasi qo‘pol turdagi huquqbuzarliklar bo‘lib, shundan 22 holatda haydovchilarning mast holda transport vositasini boshqargani qayd etilgan.

Shuningdek, 19 avgust sanasida Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 575 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Ularning 283 tasini svetaforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmaslik, 292 tasida esa belgilangan me’yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

Durdona Rasulova

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: 6 ta YTH sodir, Toshkentda, bo‘ldi, 19 avgust kuni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя