Главная » 2020 » Июнь » 6 » Zulfiqor Musoqov “Osmondagi bolalar” filmining davomini suratga oladi
14:29

Zulfiqor Musoqov “Osmondagi bolalar” filmining davomini suratga oladi


Rejissor Zulfiqor Musoqov “Osmondagi bolalar” filmining mantiqiy davomini suratga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Hurmatli ‘Osmondagi bolalar’ va ‘Osmondagi bolalar 2’ filmimizning muxlislari! Sal kam yigirma yil oldin ‘O‘zbekfilm’ studiyasida yaratilgan filmimizga bo‘lgan sevgingiz uchun tashakkur! Bir yil davomida yuzlab emas, minglab tomoshabinlarning iltimosiga ko‘ra men ‘Osmondagi bolalar 3 — Yerdagi erkaklar’ filmi ssenariysini bugun yozib tugatdim va yaqin kunlarda ‘O‘zbekkino’ga topshiraman. Xudo xohlasa, to‘sqinliklar bo‘lmasa filmni olarmiz ham”, — deb yozadi Zulfiqor Musoqov.
Ma’lumot uchun, “Osmondagi bolalar” filmi 2002-yilda suratga olingan.
Film to‘rt do‘stning hayoti, orzu umidlari va qiyinchiliklari haqida. Hamdam, Xurshid, Javohir va Baxtiyor har xil bo‘lsa-da, bolalikdan birga o‘sgan do‘stlardir. Baxtiyorning oilasi to‘rt kishi, bobosi, otasi, onasi, oiladagi eng yaqin insoni bobosi. Xurshidning otasi esa — mashhur rejissor va ayni damda ssenariy va g‘oya yo‘qligi sababli film olmay qo‘ygan. Kinoga qiziqadigan Hamdam novvoy bo‘lib ishlaydi, oilada to‘rt nafar — onasi, singlisi va ichkilikka ruju qo‘ygan otasi bilan 2 xonali kvartirada yashaydi. Javohirning otasi esa — tramvay haydovchisi. Kunlarning birida ularning sinfiga yangi o‘quvchi qiz — Lola qo‘shiladi. Bosh qahramonlarning hammasi uni sevib qoladi...
Filmda bosh rollarni Muzaffar Sa’dullayev, Timur Musoqov, Kristina Toirova, Aziz Sultonov va Davron G‘ulomov ijro etgan.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Osmondagi bolalar, Zulfiqor Musoqov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя