Главная » 2017 » Март » 12 » Ziyoda ikkinchi farzandini dunyoga keltirdi
13:08

Ziyoda ikkinchi farzandini dunyoga keltirdi


O‘zi samimiy, qo‘shiqlari esa dilga yaqin ijodkor – Ziyoda ikkinchi bor onalik baxtiga erishdi.

To‘ng‘ich farzandi Kamronning ukasi bugun, 11 mart kuni Toshkent shahridagi 6-tug‘ruqxonada dunyoga keldi.

Xonandaning ma’muri quvonch bilan bu xabarni tahririyatimizga ma’lum qilar ekan, ayni vaqtda Ziyodaning ham, chaqaloqning ham salomatligi yaxshi ekanligini qo‘shimcha qildi.

2012 yilda oila qurgan Ziyoda turmush o‘rtog‘i bilan birga chaqalog‘i uchun ism tanlamoqda. Fursatdan foydalanib, xonandani oilasining yangi “mexmoni” bilan muxlislari nomidan muborakbod etamiz. Chaqaloqqa esa uzoq umr, sihat-salomatlik tilaymiz.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: ikkinchi farzand, Ziyoda, dunyoga keltirdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя