Главная » 2021 » Октябрь » 23 » «Zaporojets» qaytmoqda: kutilmagan, kuchli va qimmat
22:27

«Zaporojets» qaytmoqda: kutilmagan, kuchli va qimmat


Ukrainadagi Zaporoje avtomobil zavodi (ZAZ) 2022-yildan yangilangan «Zaporojets»ni keng ko‘lamli ishlab chiqarishni boshlaydi. Yangi mashinalarga «Odessa» ZAZ nomi beriladi.

Ammo siz-u biz bilgan mashinalar o‘tmishda qoldi — endigisi butunlay yangi dizaynda, xitoycha «masalliq»lardan tayyorlangan.

Yangi mashinalarga Xitoyning «FAW» avtokorporatsiyasiga qarashli «GrouBesturn T77» modellari asos qilib olingan, ukraincha va xitoycha modellar o‘rtasida aytarli tafovut yo‘q.

Har ikki talqinda ham 1,5 litrli, 160 ot kuchiga ega dvigatellar ishlatiladi, 6-bosqichli mexanik uzatmalar qutisi yoki «avtomat korobka» o‘rnatiladi. Avtomobil zamonaviy dizaynga ega.

«Zaporojets» paneli raqamli, zamonaviy mediatizim va ikki zonali iqlim-nazorat tizimiga ega bo‘ladi.

Yangi «Zaporojets»ning narxi 1,5 million rubldan boshlanadi. Solishtirish uchun: «Renault» kompaniyasi ayrim mashinalarini Rossiyada arzonroqqa sotyapti:

  • Arkana – 1,306 mln. rubl(197,3 mln. so‘m)dan boshlanadi
  • Duster – 1,017 mln. rubl(154 mln. so‘m)dan boshlanadi
  • Kaptur – 1,22 mln. rubl(184,3 mln. so‘m)dan boshlanadi.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: qimmat, kuchli, Zaporojets | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя