Главная » 2022 » Июнь » 25 » Yuriy Shatunovdan qancha boylik qolgani ma’lum bo‘ldi
17:36

Yuriy Shatunovdan qancha boylik qolgani ma’lum bo‘ldi


Joriy yilning 23 iyun kuni vafot etgan “Laskoviy may” guruhining sobiq yakkaxoni Yuriy Shatunovdan qolgan meros hajmi taxminan 13 million dollarga baholanmoqda. Bu haqda “StarHit”nashri ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Yuriy Shatunovdan qolgan meros ro‘yxatida u mehribonlik uyidan chiqqanida davlat tomonidan berilgan Moskvadagi bir xonali kvartira, shuningdek, “Laskoviy may” guruhining prodyuseri Andrey Razin tomonidan sovg‘a qilingan Sochidagi uy ham bor.

Ma’lumotga ko‘ra,  Shatunovning asosiy mulki Myunxendagi 10 million dollarlik ovoz yozish studiyasi joylashgan uyidir. Xonanda u yerda uzoq vaqt yashagan edi. 

Shuningdek, Yuriyning bir nechta qimmatbaho avtomobillari va xorijiy banklarda jamg‘armalari bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, ijodkorning merosi uning rafiqasi Svetlana va ikki nafar farzandiga qolgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: ma’lum, Yuriy Shatunov, bo‘ldi, qolgani, Boylik, qancha | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя