Главная » 2017 » Март » 12 » Yulduz Usmonovaning konserti kunlariga yana bir kun qo‘shildi, chipta narxi esa osmonda
13:08

Yulduz Usmonovaning konserti kunlariga yana bir kun qo‘shildi, chipta narxi esa osmonda


Avvalroq, O‘zbekiston xalqa artisti Yulduz Usmonova 10 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor “Istiqlol” san’at saroyida konsert dasturini taqdim etayotgani haqida xabar bergan edik.

Konsert dasturida 11-23 aprel kunlariga belgilangan edi. Ma’lumotlarga qaraganda, konsert dasturining kunlariga yana bir kun qo‘shilgan.

Xabar qilishlaricha, Yulduz Usmonovaning konsert dasturi 11 apreldan emas, 10 apreldan boshlanadi.

Konsert chiptalarining bahosi balkon uchun 20 mingdan 30 ming so‘mgacha, parter o‘rindiqlarining bahosi 50 mingdan 250 ming so‘mgacha yetib belgilangan.

“Istiqlol” san’at saroyidan berilgan ma’lumotlarga qaraganda, 10 aprel kuniga belgilangan konsertning parter uchun chiptalari sotib bo‘lingan. Kassada faqatgina balkon uchun chiptalar sotilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Istiqlol” atrofidagi “qora bozor”da 250 ming so‘mlik chipta narxlari 350 minggacha chiqqan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Yulduz Usmonova | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя