Главная » 2020 » Декабрь » 15 » YPX xodimlari haydovchilardan gaz ballon hujjatini so‘rashga haqlimi?
18:24

YPX xodimlari haydovchilardan gaz ballon hujjatini so‘rashga haqlimi?


YPX xodimlari xaydovchilardan gaz ballon hujjatini so‘rashga haqqi yo‘q. Bu xaqda bugun, 15 dekabr kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ishlar”  mavzusida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linma boshlig‘i Murod Sheraliyev ma’lum qildi.


“Yo‘l harakati qoidalarining 7-bandida YPX xodimlari tomonidan mexanik transport vositasi to‘xtatilganda so‘raladigan hujjatlar ro‘yhati taqdim etilgan, shu ro‘yxatga asosan, gaz ballon hujjatini so‘rashga YPX xodimlarining xaqqi yo‘q” , deydi Murod Sheraliyev

Bo‘linma boshlig‘ining aytishicha, ayrim YPX xodimlari favqulotda holatlar oldini olish va gaz ballonlarning muddatini ko‘rish maqsadida uning hujjatlarini so‘rashlari mumkin. 

“Ayrim hollarda yo‘l harakati qoidalarining 135-bandiga asosan, protokol rasmiylashtiriladi.  Agar transpot vositasiga gaz ballon o‘rnatilganidan so‘ng, avtomashina qayta ro‘yhatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa, protokol tuzilishi mumkin.

Qayta ro‘yxat bilan [gaz ballonning] hujjatni adashtirmaslik kerak. Sababi qayta ro‘yhat bilan ballon hujjati boshqa-boshqa narsalar. 

Transport vositasining texnik pasportiga gaz o‘rnatilgani haqida ma’lumotlar kiritiladi. Agar yuqoridagi ma’lumotlar [texnik pasportda] bo‘lmasa, avtomashina qayta jixozlanib, belgilangan hujjatlar yo‘qligi sababli jarima maydoniga olib boriladi”, deydi Sheraliyev.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: haydovchilardan, YPX, gaz ballon, xodimlari | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя