Главная » 2022 » Август » 30 » “Yoshlar” telekanalida efir vaqtida Ukraina bayrogʼi xiralashtirildi. Kanal rasmiy izoh berdi
19:14

“Yoshlar” telekanalida efir vaqtida Ukraina bayrogʼi xiralashtirildi. Kanal rasmiy izoh berdi


Bugun, 30 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda futbol boʼyicha Ispaniya chempionati oʼyinini yoritgan “Yoshlar” telekanalida Ukraina bayrogʼi xiralashtirib qoʼyilgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur vaziyatga telekanal rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, futbol boʼyicha Ispaniya chempionati doirasidagi oʼyinlar 26 avgustdan boshlab “Yoshlar” telekanali orqali jonli efirga uzatilmoqda. Shu kunga qadar LaLiga'ning 8 ta oʼyini namoyish etildi. Futbol bahslari namoyishi davomida kadrlarga hech qanday qoʼshimcha effektlar qoʼllanilmaydi.

Muhokamalarga sabab boʼlgan holatga toʼxtalib, telekanal ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat esa “Yangi Davr” informatsion dasturining sport xabarlari blokidan olinganini maʼlum qildi. Taʼkidlanishicha, bu holat yuzaga kelishi sabablari aniqlashtirilganda, lavhani tayyorlagan montajchi “Real Madrid” jamoasi oʼynayotgan futbolda Ispaniya bayrogʼi oʼrniga Ukraina bayrogʼi xato qoʼyilgan deb oʼylab, bu “xatolik”ni oʼzboshimchalik bilan toʼgʼirlamoqchi boʼlgani va shu maqsadda berkitgani maʼlum boʼlgan. Bosh muharrir koʼrik paytida bu holatga eʼtibor bermay, lavhani efirga uzatishga ruxsat bergan. Bu boʼyicha aybdorlarga nisbatan tegishli choralar koʼrilgan.

“Yuzaga kelgan vaziyat uchun uzr soʼraymiz va ushbu holatga siyosiy tus bermaslikni iltimos qilamiz.

Futbol namoyishini telekanalimiz orqali kuzatayotgan va kamchiliklarimizga befarq boʼlmagan barchaga oʼz minnatdorligimizni bildiramiz”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Yoshlar, xiralashtirildi, vaqtida, berdi, izoh, telekanalida, bayrogʼi, rasmiy, efir, ukraina, Kanal | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя