Главная » 2022 » Июнь » 8 » Yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi
17:56

Yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi


Eronda yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi. Oqibatda 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda YJC axborot agentligi rasmiylarga tayanib, xabar berdi.

 
Qayd etilishicha, hodisa Janubiy Xuroson viloyatida yuz bergan va bunga poyezd hamda ekskavatorning to‘qnashuvi sabab bo‘lgan.

 
Viloyatdagi Eron Qizil Yarim Oy Jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, poyezdda 430 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan.

 
“Hodisa oqibatida 17 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan, biroq hozirda qutqaruv xizmatlari mashinalarning boshqa qismlarini o‘rganayotgani sababli ularning soni ortishi mumkin”, deyiladi xabarda. 

 
Avvalroq, “Tasnim” agentligi poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida 13 kishi halok bo‘lgani va 50 ga yaqin kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 iyun kuni Xitoy janubidagi Guychjou provinsiyasida tezyurar yo‘lovchi poyezdi qisman relsdan chiqib ketgandi. Oqibatda mashinist halok bo‘ldi, 8 kishi jarohatlangan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: bo‘ldi, yo‘lovchi, 17, poyezd, kishi, oqibatida, ketishi, relsdan, Halok, chiqib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя