Главная » 2022 » Июль » 30 » Yevropada maymun chechagidan ilk oʼlim qayd etildi
10:19

Yevropada maymun chechagidan ilk oʼlim qayd etildi


Ispaniya Sogʼliqni saqlash vazirligi mamlakatda maymun chechagidan birinchi odam oʼlganini tasdiqladi. Bu Yevropada ushbu infektsiyadan birinchi oʼlim holati, deya xabar bermoqda EFE agentligi.

Vazirlik maʼlumotlariga koʼra, Ispaniyada deyarli 4,3 ming kishi kasallangan.

Аytish joizki, joriy yilning 23 iyul kuni Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti (JSST) maymun chechagi epidemiyasini xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat deb eʼlon qildi.

Bugungi kunga qadar dunyoning 78 davlatida maymun chechagi bilan kasallangan 21 mingdan ortiq bemor aniqlangan. Ularning 70 foizdan ortigʼi Yevropada roʼyxatga olingan. 

Maʼlumot oʼrnida, maymun chechagi kam uchraydigan virusli kasallik boʼlib, asosan yovvoyi hayvonlardan odamlarga yuqadi. Kasallikning belgilari isitma, bosh ogʼrigʼi, mushak ogʼrigʼi, bel ogʼrigʼi, limfa tugunlari shishishi, titroq va charchoqni oʼz ichiga oladi. Shuningdek, yuz va tananing boshqa qismlarida teri toshmasi ham paydo boʼlishi mumkin. JSST maʼlumotlariga koʼra, maymun chechagi epidemiyasi uchun oʼlim darajasi odatda 1 foizdan 10 foizgacha, oʼlimning aksariyati yosh guruhlarda sodir boʼladi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ilk, Maymun, etildi, chechagidan, qayd, oʼlim, Yevropada | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя