Главная » 2022 » Июль » 27 » Yevropada gaz narxi bir kun ichida 400 dollarga oshdi
10:45

Yevropada gaz narxi bir kun ichida 400 dollarga oshdi


  Seshanba, 26-iyul kuni kechqurun Yevropada gazning spot narxi kub metr uchun 2 200 dollardan oshdi. Bu “Shimoliy oqim”dagi yana bir gaz nasos agregatining to‘xtatilishi fonida sodir bo‘lmoqda.

 
 Seshanba oqshomida ICE Futures birjasida eng yaqin (avgust) TTF fyucherslari narxi 2 244 dollargacha ko‘tarildi.

 Bir kun avval savdolar 1 852 dollar darajasida yopilgan va oy boshidan buyon kotirovkalar o‘rtacha 1 720 dollarni tashkil qilgan. Shu tariqa 24 soat ichida spot gaz narxi 400 dollarga oshdi. 

 25-iyul kuni “Gazprom” kapital ta’mirlashgacha bo‘lgan vaqt tugaganligi sababli Siyemens gaz turbinali dvigatelining faoliyati to‘xtatganini e’lon qildi. 

 Natijada, 27-iyul kuni Moskva vaqti bilan soat 07:00 dan boshlab Portovaya CS’ning kunlik ishlab chiqarish hajmi 33 million kubometrgacha bo‘ladi. Ayni paytda bu ko‘rsatkich kuniga 67 million kub metr va u 40 foizga qisqaradi.

 Rystad Energy tadqiqot kompaniyasi tahlilchilarining qayd etishicha, “Shimoliy oqim” orqali yetkazib berishning bunday darajasi bilan Yevropa Ittifoqi uchun 1-noyabrgacha yer osti omborlaridagi gaz zaxiralarining maqsadli darajasi 80 foizga yetishi juda qiyin bo‘ladi. 

 Bundan tashqari, tahlilchilar AQSHning Yevropaga LNG (suyultirilgan gaz) yetkazib berishi qiyin kechishi haqida ogohlantirmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: narxi, Bir, oshdi, Yevropada, GAZ, 400 dollarga, Kun, Ichida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя