Главная » 2022 » Декабрь » 1 » Yerlarni auksionga chiqarish soddalashtiriladi
12:46

Yerlarni auksionga chiqarish soddalashtiriladi


Shavkat Mirziyoev yerlarni auksion orqali sotishni soddalashtirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, 2021-yil 15-noyabrda “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, uning talablari Vazirlar Mahkamasining joriy yil 14-fevraldagi qarori bilan yo‘lga qo‘yilgan.

Shundan buyon o‘tgan vaqt davomida, yaʼni 2022-yil fevral-oktabr oylarida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun “Yerelektron” axborot tizimi orqali 48 mingta yer uchastkasi auksion savdolariga chiqarilgan. Yuridik va jismoniy shaxslar foydalanib kelayotgan 5 mingga yaqin yer uchastkasini xususiylashtirish bo‘yicha ijobiy xulosa berilgan.

Shuningdek, amaldagi ishlar tahlili bu tizimda ayrim kamchiliklar borligini ko‘rsatadi. Masalan, auksionga chiqarish taklif etilgan 12 mingtadan ziyod uchastka qishloq xo‘jaligi yerlarida yoki muhofaza hududda joylashgani aniqlangan. Bo‘sh yer uchastkalari “Yerelektron” axborot tizimiga faqat qurilish bo‘limlari tomonidan kiritilayotgani sababli, hamma bo‘sh yerlarni topish jarayoni to‘liq qamrab olinmayapti. Shu bois bu ishlarni hududiy qurilish bo‘limlari va kadastr organlari birgalikda amalga oshirishi taklif etilmoqda.

Amaliyotda qiyinchilik tug‘dirayotgan yana bir muammo yerlarni auksionga chiqarish bosqichlari ko‘pligi. Hozirgi kunda bu 13 ta bosqichdan iborat bo‘lib, ijara huquqi bilan yer olishda 48 ish kuni, mulk huquqida 74 ish kunigacha vaqt ketmoqda. Shu bois yerni auksionga chiqarish bosqichlarini 8 taga tushirib, muddatlarini tegishlicha 16 va 22 ish kunigacha qisqartirish mumkinligi aytildi.

Ayrim shaharchalarning bosh rejasi yo‘qligi ham jarayonni sekinlashtirmoqda. Shuning uchun bunday joylarda yerlarni hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashi bilan kelishgan holda, master-reja asosida auksionga chiqarish taklifi bildirilgan.

Kichik sanoat zonalarining hududi esa aniq. Shu bois ulardagi yerlarni bosh rejada nazarda tutilgan lotlarga muvofiq, sodda tartibda tadbirkorlarga berish zarurligi taʼkidlandi.
Aholi o‘zi foydalanib kelayotgan yerlarni xususiylashtirishi mumkinligi yaxshi imkoniyat. Hozirda buning to‘lovi yillik yer solig‘ining 20 baravari miqdorida. Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda bergan ko‘rsatmalariga muvofiq, bu qiymat Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida yer solig‘ining 10 baravari, boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida belgilanmoqda.

Davlat rahbari taklif etilgan chora-tadbirlarni maʼqullab, aholi va tadbirkorlarga yengillik yaratish, yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berdi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: chiqarish, Yerlarni, auksionga, soddalashtiriladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя