Главная » 2017 » Март » 31 » Yangi “Galaxy S8” smartfonlarining ustunligi qanday?
22:35

Yangi “Galaxy S8” smartfonlarining ustunligi qanday?


Janubiy Koreyaning “Samsung” kompaniyasi “Galaxy S8” smartfonining tasniflari haqidagi ma’lumotlar oshkor bo‘ldi. Bu galgi taqdimotda kompaniya “Galaxy S8+” telefonini ham namoyish etmoqchi.

Yangi telefonning dizayni bir necha oy avval tarqalgandi. Ayni vaqtda bu telefon ko‘rinishi jihatdan smartfonlar bozoridagi eng chiroyli va bejirim uskuna, deb baholanmoqda. Telefonning o‘ng va chap taraflari butunlay ekranga ulangan.

Ma’lumotlarga qaraganda, har ikkala telefonga ham 8 yadroli protsessor o‘rnatiladi. Telefonning operativ xotirasi 4 gigabaytga teng bo‘ladi. Qo‘shimcha xotira sig‘imi esa 64 gigabaytga teng.

“Samsung” kompaniyasining “Galaxy S8” va “Galaxy S8+” smartfonlari hajmi bir-biridan farq qiladi. “Galaxy S8” telefonining displey diagonali 5,8 dyuymga teng. “Galaxy S8+” seriyasida esa displey diagonali 6,2 dyuymni tashkil qiladi.

Avvalroq, “KGI Securities” tahlilchisi Min-Chi Kuo “Samsung Galaxy S8” smartfonlarining sotuvi yuqori bo‘lmasligini taxmin qilgandi. Bunga esa Amerika kompaniyasining yangi smartfoni sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, xorij mutaxassislari uskunaning narxi yuqori bo‘lishini ham aytishgan.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Telefon uchun | | Теги: Galaxy S8 | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя