Главная » 2022 » Август » 10 » Yakkasaroyda yangi qurilayotgan bog‘cha binosi yonib ketdi
10:17

Yakkasaroyda yangi qurilayotgan bog‘cha binosi yonib ketdi


Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida yangi qurilayotgan 4 qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi. QALAMPIR.UZ jurnalistining voqea joyidan xabar berishicha, yong‘in sodir bo‘lgan joy qurilayotgan bog‘cha binosi bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, bugun, 9 avgust kuni soat 12:24 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Muqimiy ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan 4 qavatli binoda yong‘in sodir bo‘lganligi bo‘yicha shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra  4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:30 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat  12:43 da qurshab olingan va soat 12:50 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida binoning tomi ichki qoplamasiga sintepon bilan ishlov berilgan qismining taxminan 900 kv.m. maydoni yonib zararlangan. 
  
Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: KETDI, Yangi, binosi, bog‘cha, qurilayotgan, yonib, Yakkasaroyda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя