15:47 Yakkasaroy tumanida 100 ming so‘m evaziga uyida fohishaxona saqlagan shaxs qo‘lga olindi | |
2017 yilning 20 avgust kuni taxminan soat 00:10 larda, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Amanova Nigora Temirkulovna, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 10-8 xonadonda fohishaxona saqlab, 100.000 so‘m pul evaziga fuqaro «K» va «Sh» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB. Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|