Главная » 2021 » Август » 28 » Xorazmda vaksinadan og‘irlashgan ayol haqidagi videoga rasmiy munosabat bildirildi
12:41

Xorazmda vaksinadan og‘irlashgan ayol haqidagi videoga rasmiy munosabat bildirildi


Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida vaksina olgandan keyin ahvoli og‘irlashgan fuqaro haqida video lavha tarqaldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu vaziyatni nazoratga olganini ma’lum qildi.

«Bemorning ahvolini o‘rganish va bu holat nima sababdan yuz berganiga aniqlik kiritish maqsadida tezkor mutaxassislar guruhi tuzildi.

Ishchi guruh tarkibiga mamlakatimizning tajribali infeksionist, reanematolog, oftalmolog, virusolog, immunolog, nevropatolog, psixolog kabi mutaxassislari kiritildi.

O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beramiz.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha yurtimizda qo‘llanilayotgan vaksinalar bilan emlangan aholi vakillarida birorta jiddiy salbiy ta’sir kuzatilmagan», deyiladi SSV xabarida.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: rasmiy, vaksinadan, munosabat, Xorazmda, og‘irlashgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя