Главная » 2016 » Декабрь » 7 » Xonim, yoshingiz nechada… Doimo yasharib yurish sirlari
18:50

Xonim, yoshingiz nechada… Doimo yasharib yurish sirlari


Aslida, necha yoshdaligimiz emas, yasharib-yashnab yurishimiz hammasidanmuhim! Bu, tabiiyki, yuzdagi ajinlaru sochdagi oq tolalargagina emas, balki xatti-harakatlarimiz, o‘zimizni tutishimiz, muomalamadaniyatimizga ham bog‘liq. Zero, birgina imo-ishora bilan o‘n yoshga yasharish mumkin yoki... qartayish...

 

Muomala ham san’at!

Yosh qizaloqlar bir gapirib, o‘n kuladilar. Ularga gap “otish” ham, ular bilan hazillashish ham oson. Buni qarama-qarshi jins vakillari darrov anglashadi. Kattaroq ayollar esa (qanchalik yosh ko‘rinishmasin) birgina ko‘z qarashlari bilan asl yoshlarini «sotib» qo‘yishadi. Yosh kattalashgani sayin ayol kishi kamroq uyaladi, qizaradi va ko‘zlarini olib qochadi. Gap “otgan”larni esa bir so‘z bilan joyiga “o‘tqazib” qo‘ya biladi. Bu hammasi erkakcha jinsiy gormonlar ta’siri. Chunki yillar o‘tgani sayin organizmda ularning miqdori birmuncha ortadi. Tashqaridan qaraganda, buning yomon tomoni yo‘q, ammo muomalada bu o‘zini ko‘rsatib qo‘yadi: ayolda qat’iyat, shafqatsizlik, to‘g‘riso‘zlik xislatlari tobora ko‘proq namoyon bo‘la boshlaydi. Bu xususiyatni o‘zgartirishning keragi yo‘q, chunki u ayolga yangi imkoniyatlar darvozasini ochadi (masalan, karera borasida). Ammo zarur o‘rinlarda buni biroz jilovlab, muloyimlik, xush muomala va shirinso‘zlik xislatlarini ham namoyon etib turish lozim.

Qadam tashlash qoidalari

Yillar o‘tgani sayin zimmamizdagi vazifalar yuki tobora orta boradi va bu xatti-harakatlarimiz, xususan, yurish-turishimizga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ya’ni ayol avvalgiga nisbatan og‘irroq, sekinroq qadam tashlaydigan bo‘lib qoladi. Ko‘pchilik erkaklar bizning qanday odimlayotganimizga qarab, yoshimizni aniqlar ekan. Demak, yelkalarimizni to‘g‘ri tutib, dahanni biroz ko‘tarib, ohista va yengil qadam tashlashimiz kerak. Chiroyli yurishni o‘rganish uchun quyidagi mashqlarni bajarish lozim: 1. Devorga orqamizni qapishtirib turamiz (3 daqiqagacha) va u yoqdan bu yoqqa shu holatni saqlab qolgan holda yurishga harakat qilamiz. 2. Boshga kitob qo‘yib olib, yurishni o‘rganamiz (1 daqiqadan 10 daqiqagacha). 3. Oyoq uchida yuramiz (10-15 daqiqa).

Nutqdagi o‘zgarishlar

Yosh ulg‘aygani sayin, avvalo, ovoz, qolaversa, nutq o‘zgaradi. Inson yoshi qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik sekin, so‘z va gaplar orasida ko‘proq tin olib gapiradigan bo‘ladi. Atrofdagilar buni his etadilar. Hatto qanday kulishimiz ham yoshimizni oshkor qilar, yoshi kattalarning kulgusi chuqurroq, ya’ni ko‘krakdan chiqayotgan ovoz jo‘rligida bo‘lar ekan. Biroq mutaxassislar ogohlantiradilar: ovozni yoshartiraman, deb ataylab yoshga xos bo‘lmagan diapazonda so‘zlash va kulishga urinish xavfli. Chunki bunda ovoz paychalariga haddan ziyod ko‘p og‘irlik tushadi, natijada, tovush xirillab qolishi mumkin. Ovozni avaylash, u haqda yoshlikdanoq qayg‘urish kerak (masalan, tamaki chekmaslik, tutun hidlamaslik, qattiq baqirmaslik, stress va sovuqdan himoyalanish lozim). Shunda ovozingiz yoqimliligicha qoladi.

 

Tashqi ko‘rinishga e’tibor

Ayollar hamma yoshda ham tashqi ko‘rinishlariga e’tiborli bo‘ladilar. Ammo yosh qizchalar ko‘proq kiyim-kechak, aksessuarlarga o‘ch bo‘lib, vaqti-vaqti bilan o‘zlarini oynaga solishadi, kiyimlarini yoki sochto‘g‘nag‘ichlarini tez-tez to‘g‘rilab turishadi. Kattaroq yoshdagi ayol esa ko‘proq yuziga e’tibor beradi: yangi ajin paydo bo‘lmadimi, ko‘z osti salqimaganmi, soch turmagi yarashib turibdimi – shu savollar uni ko‘proq qiziqtiradi. Qanchalik yosh ko‘rinmasin, ko‘zguga boqqanida barmoqlari bilan terisini silaydi, dahanini ko‘tarib bo‘yniga razm soladi, peshanasiga tushib turgan sochlarini to‘g‘rilaydi. Bu xatti-harakatlar ayolning yoshini oshkor qilishi, shubhasiz. Shu sababli o‘zingizga ishoning va sizni «qarituvchi»  shunday odatlarga berilib ketmang.

 

Test: aslida, yoshingiz nechada?

Jismoniy yoshingizni pasportdagisi bilan solishtirish uchun sizga sekundomer (qo‘l tetefoningizda bor), chizg‘ich, sham va bir yordamchi kerak.

1. Teri holati

Qo‘l kaftining orqa tomonidagi teringizni bosh va ko‘rsatkich barmoqlaringiz bilan 5 soniya siqib, ushlab turing. Hosil bo‘lgan burma qancha vaqt ichida asl holiga qaytdi?

5 sekundgacha – 20 yosh

6 – 8 s. – 30 yosh

9 – 12 s. – 40 yosh

13 – 15 s. – 50 yosh

16 – 19 s. – 60 yosh

19 sekunddan ortiq – 70 yoshdan ortiq.

2. Tezkorlik darajasi

Yordamchingiz 50 sm. uzunlikdagi chizg‘ichning 0 tomonini pastga qarataushlab tursin. Hushyor turing! Yordamchingiz ogohlantirmay turib,chizg‘ichni qo‘yib yuborishi, siz esa uni bosh va ko‘rsatkich barmoqlaringiz bilan ushlab olishingiz kerak. Ko‘ring-chi, qaysi ko‘rsatkichda chizg‘ichni ushlab oldingiz.

20 sm. gacha – 20 yosh

30 sm. – 30 yosh

35 sm. – 40 yosh

40 sm. – 50 yosh

45 sm. – 60 yosh

Ushlab qolishga ulgurmadingiz – 70 yosh va undan ortiq.

3. Chidamlilik

Tik turgan holatda yurak urishingizni bir daqiqa davomida sanang. Keyin tez-tez 20 marta o‘tirib-turing. Pulsingiz qanchalik yuqori ko‘tarilganini sanang.

10 tepkigacha – 20 yosh

10 – 20 tepki – 30 yosh

20 – 30 tepki – 40 yosh

30 – 40 tepki – 50 yosh

40 va undan ko‘p – 60 yosh

Yigirma marta o‘tirib-turishga ulgurmadingiz – 70 yosh va undan yuqori.

4. Muvozanat

Ko‘zlaringizni yuming, bir oyoqda turing, ikkinchi oyog‘ingizni ko‘tarib,birinchisining boldiriga tirang. Yordamchingiz shu holda qancha tura olishingizni sekundomer yordamida aniqlab bersin.

30 soniya va undan ortiq – 20 yosh

25 soniya – 30 yosh

20 soniya – 40 yosh

15 soniya – 50 yosh

10 va undan kam – 60 yosh

Bunday holatda umuman tura olmaysiz – 70 va undan ortiq.

5. Zehn sinovi

11

14

22

4

7

19

1

16

25

20

23

13

24

2

8

10

3

9

17

12

18

15

6

5

21

Barmog‘ingizmi yoki qalam bilan katakchalardagi 1 dan 25 gacha bo‘lgan raqamlarga  teginib chiqing. Bunga qancha vaqt ketdi?

30 – 35 soniya – 20 yosh

36 – 40 soniya – 30 yosh

41 – 50 soniya – 40 yosh

51 – 60 soniya – 50 yosh

61 – 65 soniya – 60 yosh

66 soniyadan ko‘p – 70 yosh va undan ortiq.

6. O‘pkadagi o‘zgarish

Sham yoqing. Uni qancha masofadan bir puflashda o‘chira olasiz?

1 metr – 20 yosh

80 – 90 sm. – 30 yosh

70 – 80 sm. – 40 yosh

60 – 70 sm. – 50 yosh

50 – 60 sm. – 60 yosh

50 sm.dan kam – 70 yosh va undan ortiq.

7. Jismoniy kuch

Yerga yotib oling. Shu holatda qo‘llaringiz va oyoqlaringizga tiranib, tanangizni vertikal holatda yerdan qancha balandlikkacha ko‘tara olasiz?

40 marta – 30 yosh

35 marta – 40 yosh

28 marta – 50 yosh

23 marta – 60 yosh

12 martadan kam – 70 yosh va undan ortiq.

ShAHINA tayyorladi


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Testlar, Psixologiya | | Теги: baxtli turmush, uy bekasi | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя