Главная » 2022 » Август » 3 » Xodimni xizmat safariga yuborishning yangi tartibi belgilandi
11:15

Xodimni xizmat safariga yuborishning yangi tartibi belgilandi


Endilikda O‘zbekistonda xizmat safari muddati tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi. Bunda muddat yo‘ldagi vaqtni hisobga olmaganda 30 kalendar kundan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan kecha, 2 avgust kuni tasdiqlangan O‘zbekiston hududida xizmat safarlari to‘g‘risidagi nizomda belgilandi.

Nizomga ko‘ra,

Montaj, ishga tushirish-sozlash, qurilish va qidiruv ishlarini bajarish uchun yuboriladigan xodimlar, rahbarlar va mutaxassislarning xizmat safari muddati 12 oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.

Tashkilotda xizmat safariga ketayotgan va qaytayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish maxsus jurnallarda “O‘zASBO” dasturiy majmuasida (yoki buxgalteriya hisobini yurituvchi axborot tizimida) elektron yuritiladi.

Xodimga u yuborilgan tashkilotdagi ish vaqti rejimi va dam olish vaqtlari taalluqli bo‘ladi. Xizmat safari vaqtida foydalanilmagan dam olish kunlari xizmat safaridan qaytganda tiklanmaydi.

Agar xodim dam olish yoki bayram kunlarida xizmat safariga yuborilgan joyda ishlagan bo‘lsa, kompensatsiya to‘lanadi.

Agar xodim xizmat majburiyatlarini bajarish uchun dam olish kunida xizmat safariga yuborilsa, unga safardan qaytgach boshqa dam olish kuni beriladi.

Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari og‘ir hududlarga yuborilgan xodimlarga o‘sha hudud uchun belgilangan qo‘shimcha ustamalar ham to‘lab beriladi.

Xodimga turar joy bilan bog‘liq xarajatlar (mehmonxona yoki turar joy ijarasi), xizmat safari joyiga borish hamda doimiy ish joyiga qaytish yo‘l xarajatlari qoplanadi, shuningdek, kundalik xarajatlar uchun haq to‘lanadi.

Mehmonxona xarajatlarining bir kunlik qoplash miqdori tegishlicha BHMning 1,5 barobaridan 3 barobarigacha miqdordan oshmasligi lozim.

Turar joyda yashaganligi bo‘yicha xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan hollarda har bir sutka uchun BHMning 20 foizi miqdorida qoplanadi.

Qarorga ko‘ra, xizmat safarlari xarajatlari hisobini yuritish bo‘yicha dasturiy taʼminot va uning mobil ilovasi ishlab chiqiladi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: safariga, xizmat, yuborishning, tartibi, Xodimni, Yangi, belgilandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя