Главная » 2022 » Сентябрь » 16 » Xitoydagi 200 metrli osmono‘par binoda yirik yong‘in yuz berdi
19:47

Xitoydagi 200 metrli osmono‘par binoda yirik yong‘in yuz berdi


Bugun, 16 sentabr kuni Xitoyning Chansha shahridagi (Xunan viloyati, Markaziy Xitoy) osmono‘par binoda kuchli yong‘in yuz berdi. Xitoy markaziy televideniyesi xabariga ko‘ra, alanga o‘ndan ortiq qavatni qamrab olgan.

“Beyszin jibao” gazetasining yozishicha, yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 15:30 atrofida boshlangan – yong‘in binoning old tomoni bo‘ylab yuqoriga qarab yoyila boshlagan. Olov o‘ndan ortiq qavatni qamrab olgan. Voqea joyiga 300 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi va 36 ta texnika yetib kelgan.

Shu kungacha o‘t o‘chiruvchilar binoning old qismidagi alangani o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi.

Bino 2000 yilda qurilgan va o‘sha paytda shahardagi eng baland bino bo‘lgan. 42 qavatli osmono‘par binoning balandligi 218 metrga etadi. 

Qurbonlar va jabrlanganlar haqida maʼlumotlar hozircha olinmagan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yirik, berdi, binoda, 200, yong‘in, osmono‘par, metrli, yuz, Xitoydagi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя