Главная » 2022 » Август » 9 » Xitoyda yangi “Lanʼya” genipavirusi aniqlandi
10:12

Xitoyda yangi “Lanʼya” genipavirusi aniqlandi


Xitoyda yangi virus – “Lanʼya” genipavirusi aniqlandi. Hayvonlardan kelib chiqqani taxmin qilinayotgan virusni hozirgacha kamida 35 kishi yuqtirgan. Bu haqda Xitoyning "Penpay" nashri yozmoqda.

Unga ko‘ra, Xitoyning Shandun va Xenan provinsiyalarida "Lanʼya"( Langya henipavirus, LayV) infeksiyalari aniqlangan. Virus simptomlariga isitma, charchoq, yo‘tal, anoreksiya, mialgiya (mushaklardagi og‘riq) ko‘ngil aynishi, qusish kiradi.

Olimlarning taʼkidlashicha, yangi virus Nipaxga o‘xshaydi (dunyodagi eng xavfli viruslardan biri, dorisi yo‘q, o‘lim darajasi 40 foizdan 75 foizgacha – tahr.), ammo infeksiyalar hali o‘lim holatiga olib kelmagan va juda jiddiy alomatlar kuzatilmagan.

Shu bilan birga, olimlar "Lanʼya" odamdan odamga yuqishi mumkinligini hali aniqlamadilar. Hayvonot dunyosida virus ko‘pincha yerqazarlar, sutemizuvchilar oilasida aniqlangan, echki va itlarda virusga qarshi antitanachalar ham topilgan.

"Biz ushbu yangi virusga hushyor bo‘lishimiz, ammo vahima qo‘zg‘amasligimiz kerak", deydi Singapur Milliy universiteti professori Van Linfa.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Xitoyda, Yangi, Lanʼya, aniqlandi, genipavirusi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя