Главная » 2020 » Февраль » 25 » Xitoyda koronavirus haqida videoo‘yin yaratildi
21:55

Xitoyda koronavirus haqida videoo‘yin yaratildi


Xitoy hukumati, “Jenmin jibao” nashri va “ByteDance” kompaniyasi birgalikda koronavirus to‘g‘risida ma’rifiy mobil o‘yin ishlab chiqishdi. U xitoy tilidan tarjima qilinganda “Patogenlar jangi” ma’nosini anglatadi. Uning maqsadi insonlarni koronavirusning oldini olish va unga qarshi kurashishga o‘rgatishdan iborat.
 
“Patogenlar jangi” “Ohayoo” studiyasining yangi mahsuloti bo‘lib, bu o‘yinda ayol ishtirokchi turli xil viruslar, jumladan, koronavirus bilan kurashib, uni ikkiga bo‘lib tashlaydi. Xuddi hayotdagi kabi viruslar mutatsiyaga uchrab, ko‘payib ketaveradi, shunda ularni yengish ham qiyinlashadi. Har raund oxirida ekranda koronavirusdan himoyalanish borasida tavsiyalar paydo bo‘ladi. 

Shanxayda istiqomat qiluvchi 28 yoshli Ma Syaomenning so‘zlariga ko‘ra, unga o‘yin juda yoqqan.

“Virus paydo bo‘lganda ayol ishtirokchining harorati ko‘tariladi. Agar uning niqobi bo‘lsa, atrofida himoya doirasi paydo bo‘ladi. Menimcha bu juda ajoyib”, deya aytib o‘tgan qiz. 
Ta’kidlab o‘tish lozimki, Xitoyda o‘yin bozorini shaxsan hukumatning o‘zi nazorat qiladi.
 
“Patogenlar janggi” o‘yinchilarga uzoq muddatli karantin tufayli stressni kamaytirishga yordam beradi va aholining kasallik haqidagi bilimlarini boyitadi, deya ta’kidlanmoqda gazeta nashrida. Mini-o‘yin allaqachon “WeChat” messenjeriga joylashtirildi. Tez orada uning “Douyin” deb nomlangan xitoy tilidagi varianti ham chiqa boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus tufayli Xitoyda mobil o‘yin va boshqa ilovalarni yuklab olish bir necha barobar oshgan. Jumladan, fevralning birinchi haftasida Apple onlayn do‘konidan 222 millionta yuklash amalga oshirilgan. 


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя