Главная » 2022 » Август » 27 » Xitoyda ham jazirama va qurg‘oqchilik
15:30

Xitoyda ham jazirama va qurg‘oqchilik


Xitoy so‘nggi oltmish yillikdagi eng issiq yozni boshdan kechirmoqda. Yevroosiyoning eng yirik daryosi bo‘lmish Yanszining o‘nlab irmoqlari sayozlashmoqda va qurimoqda.
Xitoyda ham, xuddi Yevropada bo‘lgani kabi, 2022 yil yozida ekstremal issiq va quruq havo kuzatilmoqda. Shu tufayli Yevroosiyoning eng uzun va sersuv daryosi hisoblangan Yanszi daryosida suv sathi ayrim joylarda XIX asr o‘rtalaridan buyon eng past darajaga tushdi, o‘nlab irmoqlar esa qurib qolmoqda. Qurg‘oqchilik sababli Xitoyda ayrim korxonalar faoliyati to‘xtab qoldi, elektr energiyasi taqchilligi boshlandi, yuklarni yetkazib berishda uzilishlar ro‘y bermoqda, meva va sabzavot narxlari ko‘tarilmoqda. Quyida suv yetishmovchiligi Xitoyga qay darajada taʼsir ko‘rsatgani aks etgan fotojamlanma.

Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: jazirama, VA, HAM, Xitoyda, qurg‘oqchilik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя