Главная » 2020 » Ноябрь » 21 » Xitoy vaksinasi immunitet hosil qildi
16:17

Xitoy vaksinasi immunitet hosil qildi


Xitoyning Sinovac Biotech biofarmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19ga qarshi vaksina klinik sinovlarda inson salomatligi uchun xavfsizligi va tezkor immunitet reaksiyasini yaratish qobiliyatini namoyish etdi.Bu haqda The Lancet Infectious Diseases jurnali ma'lum qildi.

Emlangan ko‘ngillilarda antitelalar darajasi COVID-19dan muvaffaqiyatli tuzalganlarnikiga qaraganda pastroq, ammo, bu biologik vositaning inson tanasini virusli infeksiyadan himoya qilish qobiliyatiga ta’sir qilmadi, deyiladi tadqiqotlar natijalarida.

CoronaVac  vaksinasi 18 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan 700 dan ortiq kishida o‘tkazilgan tadqiqotlarda ishlatilgan.

«Ishtirokchilarga 14 kunlik oraliqda 2 doza vaksina berildi. Natijalar preparatning samaradorligini va pandemiya paytida favqulodda vaziyatda foydalanishga yaroqliligini ko‘rsatadi», dedi ilmiy maqola mualliflaridan biri Chju Fensay.

Uning ta’kidlashicha, emlashdan keyin immunitetning qancha vaqt saqlanib qolinishini aniqlash uchun navbatdagi tadqiqotlar o‘tkazilishi kerak.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Immunitet, Xitoy, vaksinasi, hosil qildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя