Главная » 2020 » Май » 17 » Xitoy hukumati maslahatchisi koronavirus haqidagi ma’lumotlar yashirilganini tan oldi
22:45

Xitoy hukumati maslahatchisi koronavirus haqidagi ma’lumotlar yashirilganini tan oldi


Xitoy hukumati 2019 yilning dekabr oyida koronavirus epidemiyasi keng ko‘lamda tarqayotganini yashirgan. Buni hukumatning tibbiyot bo‘yicha katta maslahatchisi Chjun Nanshan tan olib aytdi.

Uning ta’kidlashicha, Uxanga yanvar oyi o‘rtalarida kelgan va virus odamdan odamga o‘tishini tasdiqlagan. Ammo mahalliy hukumat buni tan olishni istamadi va koronavirus bilan bog‘liq holat «nazorat ostida» ekanini tinimsiz takrorladi.

«O‘sha vaqtda mahalliy hokimiyat haqiqatni aytishni istamadi. Aslida ular avval boshdan barchasini yashirgan edi. O‘shandayoq men bu kasal juda ko‘p odamlarga yuqishini aytganman», — deydi virusolog.

Shifokorning ta’kidlashicha, Uxanda kasalga uchraganlar rasman 10 kun davomida 41 kishidan oshmagani katta shubhaga sabab bo‘lgan. Bu vaqtga kelib koronavirusga yo‘liqqanlar xorijda paydo bo‘lgani haqida xabarlar berila boshlagan edi.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yashirilganini, Koronavirus, ma’lumotlar, maslahatchisi, hukumati, tan oldi, Xitoy | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя