Главная » 2022 » Сентябрь » 13 » Xavi: “Statistikani o‘zgartirishimiz mumkin degan g‘oya bor”
14:48

Xavi: “Statistikani o‘zgartirishimiz mumkin degan g‘oya bor”


Ispaniyalik mutaxassis “Barselona”ning “Bavariya” bilan o‘yinlardagi omadsiz statistikasi haqida gapirdi.

Kataloniya klubi Myunxenga qarshi o‘tkazilgan 13 o‘yindan atigi 2 tasida g‘alaba qozongan.

“Gap dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri “Bavariya” haqida ketmoqda. Biz Myunxenda hech qachon g‘alaba qozonmaganmiz, bu yerda o‘ynash qiyin. Ammo bizda “Barselona” bo‘lajak o‘yinda g‘alaba qozonishi va nihoyat bu statistikani o‘zgartirishi mumkin degan g‘oya bor.

Bizni teng o‘yin kutmoqda. Ikkala jamoa ham to‘pga ega bo‘lishni xohlaydi. “Bavariya” to‘pga ega bo‘lganda bizga qiyin bo‘ladi. O‘ylaymanki, o‘yin juda shiddatli va tajovuzkor bo‘ladi. Biz bu o‘yinda ustunlik qilishga va to‘pni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz”, – dedi “Barselona” ustozi.

“Barselona”ning “Bavariya” bilan Chempionlar ligasidagi o‘yini bugun, 13-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Xavi, Statistikani, mumkin, o‘zgartirishimiz, bor, g‘oya, degan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя