Главная » 2017 » Август » 25 » Vladimir Putin dzyudo chempionatiga alohida taklifnoma oldi
14:42

Vladimir Putin dzyudo chempionatiga alohida taklifnoma oldi


Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin joriy yilning 28 avgust kuni Vengriyaning poytaxti Budapeshtda bo‘lib o‘tadigan dzyudo bo‘yicha 31-Jahon chempionati ochilishida ishtirok etadi.

Ma’lum bo‘lishicha, Putin Vengriyaga ushbu mamlakatning bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan tashrif buyuradi. Davlat boshliqlari har ikki tomonning hamkorligiga taalluqli boshqa masalalar yuzasidan ham muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan.

Vladimir Putin dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatiga Halqaro dzyudo federatsiyasining prezidenti sifatida taklif etilgan.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati Budapeshtdagi Laslo Pappa maydonida 28 avgustdan 3 sentyabrgacha davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Putin Sochi shahrida professional jangovor sambo bo‘yicha “Plotforma S-70” musobaqasi g‘oliblarni shaxsan taqdirlagandi.

Akmalxon Eshonxonov

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Vladimir, taklifnoma oldi, dzyudo, Putin, chempionatiga alohida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя