Главная » 2021 » Май » 15 » Video: Botsvana qo‘riqxonasida yashovchi haqiqiy Timon va Pumba
19:06

Video: Botsvana qo‘riqxonasida yashovchi haqiqiy Timon va Pumba


Afrikadagi qo‘riqxonalarning birida Disney’ning “Qirol sher: Timon va Pumba” multserialidagi do‘stlarni yodga soluvchi juftlik topildi, deb xabar beradi Esquire.

Miss Piggi laqabli sakkiz yoshli tong‘iz va olti yoshli Mongo Botsvanadagi Karakal qo‘riqxonasida yashaydi. Mongo — Timon kabi surikat emas, balki mangust. Shunga qaramay, ushbu jutlik va multserialdagi ularning egizaklari o‘rtasida ko‘p o‘xshashliklar bor.

Piggi va Mongo rostdan ham eng yaqin do‘stlarga aylangan. Ular o‘ynashni, balchiqda dumalashni yaxshi ko‘radi, Mongo tong‘izning ustida sayr qiladi.

Aftidan, hayvonlarni og‘ir taqdir birlashtiradi. Piggini qo‘riqxonaga kichkinaligida — mashina urib yuborganidan keyin olib kelishgan. Mongo esa Karakalga onasini mashina urib yuborganidan so‘ng kelib qolgan. Endilikda hayvonlar yovvoyi tabiatga qayta olmaydi.

Piggi va Mongoni Karakalda paydo bo‘lgan birinchi kunidan buyon taniydigan Keytlin Vandevalle ismli volontyorning so‘zlariga ko‘ra, hayvonlar yovvoyi tabiatdagi o‘z turlarining elchilariga aylangan. Ular qo‘riqxonaga tashrif buyurganlarga yovvoyi tabiatni saqlab qolishning ahamiyati haqida so‘zlab berishga yordam beradi.


VIDEONI KO'RISH

Manba: "daryo.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: TimON, pumba, qo‘riqxonasida, Botsvana, video | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя