Главная » 2021 » Октябрь » 7 » Uzum shakarga boymi yoki vitaminlarga?
15:18

Uzum shakarga boymi yoki vitaminlarga?


Yetishtirilishi uzoq tarixga borib taqaladigan uzum mazali ekanidan tashqari organizm uchun foydaning koni ekani bilan ham o‘ziga xosdir. Ushbu mevani nima uchun ratsionga kiritish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Ozuqaviy moddalarning manbayi

Bir bosh uzumda C vitamini kunlik me’yorining to‘rtdan bir qismi, K vitaminining deyarli 20 foiz mujassam bo‘ladi. Immunitetni mustahkamlashdan tashqari, C vitamini DNKning mustahkamlanishi, kollagen va “baxt gormoni” — serotoninning ishlab chiqarilishi uchun ahamiyatli sanaladi. Bundan tashqari, C vitamin taomlar tarkibidagi temir moddasini so‘rilishini sezilarli darajada yaxshilaydi. O‘tkazilgan tadqiqotlarda qondagi C vitaminining yuqori ekani bilan yog‘ erishi o‘rtasida aloqadorlik borligi aniqlangan. Bu natija nafaqat mashg‘ulotlar, balki tinch holatga ham taalluqli. Suyaklar shakllanishida muhim hisoblangan K vitamini yetishmaganda sinishlar xavfi ko‘payishi mumkin. Shuningdek, uzum tarkibida B guruhi vitaminlari, kaliy va marganets singari ozuqa moddalari ham bisyor bo‘ladi.

Immun tizimini mustahkamlaydi

Yuqorida ta’kidlangan A va C vitaminlaridan tashqari uzum tabiiy mikroblarga qarshi xususiyatiga ekani bilan ham immunitetni mustahkamlaydi. Undagi suvning serobligi esa qon aylanishi, organizmdan toksinlarni chiqib ketishi uchun hissa qo‘shadi.

Organizmni antioksidantlar bilan ta’minlaydi

Uzum yallig‘lanish jarayonlarini oldini oladigan, qon aylanishini yaxshilaydigan antioksidantlarni o‘z ichiga oladi. Miya faoliyati uchun ahamiyatli sanalgan antioksidantlar erta qarishni oldini olish xususiyatiga ham ega. Qizil va qora uzum tarkibida mujassam bo‘ladigan kversetin neyrodegenerativ kasalliklar, masalan, Alsgeymerdan himoya qiladi.

Uyquni me’yorlashtiradi

Uzum tarkibidagi tabiiy melatonin uyquni sifatli bo‘lishini ta’minlaydi. Ushbu gormon yetarli miqdorda bo‘lmasa, uyqu sog‘lom bo‘lmaydi. Uning yetishmasligi esa depressiya, ikkinchi darajali qandli diabet, yurak kasalliklari hamda semirishga olib keladi.

Oshqozon ichak traktini me’yorlashtiradi

Bir bosh uzumda 1-2 gramm kletchatka borligiga qaramay, ushbu meva ichaklarning faoliyati me’yorda bo‘lishiga yordam beradi, polifenollar sog‘lom mikrobiomani o‘sishiga hissa qo‘shadi.

Yurak salomatligini yaxshilaydi

Uzum yurak salomatligi uchun foydali. U yurak-qon tomirlarini mustahkamlab, qon bosimini pasaytiradi. Qon aylanishini yaxshilab, yallig‘lanishlarni kamaytiradi. Tadqiqotlarda uzumning “yomon” xolesterinni kamaytirishi aniqlangan.

Ko‘z uchun foydali

Uzum tarkibidagi zeaksantin hamda lyutein ko‘z pardasi va gavharini himoya qiladi. Ular ko‘rish qobiliyatini yaxshilab, ko‘zning qurishida yordam beradi. Yorqin yorug‘lik sabab paydo bo‘ladigan stressdan keyingi tiklanish vaqtini qisqa bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek, molekulyar degeneratsiya va katarakta rivojlanish xavfining oldini oladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Vitamin, Shakar, Uzum | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя