20:57 “Uyda yolg‘iz” 30 yoshda: Sevimli film qahramonlari o‘tgan vaqt ichida qanchalik o‘zgardi? (foto) | |
Bundan roppa-rosa 30 yil avval Amerikaning Chikago shahrida “Uyda yolg‘iz” filmining premyerasi bo‘lib o‘tgan. Rojdestvo arafasida ota-ona uyda unutib qoldirgan Kevin haqidagi komediya kino tarixida eng ko‘p daromad keltirgan filmlardan biriga aylandi, deb yozadi “Gazeta.ru”. 18 million dollar mablag‘ sarflangan ushbu kartina 476 million dollar daromad ishlab olgan. Komediyaning mantiqiy davomi sifatida yana bir necha qismlari ham ishlab chiqildi va ular garchi avvalgidek muvaffaqiyatga erishmagan bo‘lsa-da, yaxshi natijani qayd etdi. Dunyo bo‘ylab tomoshabinlar ko‘nglidan joy olgan bolakay Makoley Kalkin 2020-yilda 40 yoshga to‘lgan. Filmdagi boshqa qahramonlar orasida esa 80 yoshni qarshilaganlari ham bor. 1990—2020-yillar ichida aktyorlarning qay darajada o‘zgarganligini quyida tomosha qilish mumkin. Makoley Kalkin qahramoni Kevin Makkalister rolida Ketrin O’xara Kevinning onasi Keyt rolida Jon Xyord Kevinning otasi rolida. Aktyor 2017-yil vafot etgan. Jo Peshi qahramoni Garri Laym rolida Deniel Stern qahramoni Marvin Merchants rolida Devin Retrey qahramoni Bazz rolida Kiran Kalkin qahramoni Fuller rolida Jerri Bemmen qahramoni Frenk amaki rolida Xillari Vulf qahramoni Megan rolida
Manba: "daryo.uz"
| |
|