Главная » 2022 » Сентябрь » 10 » Uy sotib olish va “propiska”ga qo‘yish yanada osonlashmoqda
14:09

Uy sotib olish va “propiska”ga qo‘yish yanada osonlashmoqda


Fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan fuqarolarni doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish tartibotlarini soddalashtirishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqildi. 

Loyiha bilan 2 ta yangi qulaylik joriy etilmoqda:

Hozirda ko‘chmas mulk obʼektiga bo‘lgan huquq egasi o‘zgarganda, ushbu huquqni kadastr organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish zarur. Shundan so‘ngina uyning yangi mulkdorini ichki ishlar organlari axborot tizimida doimiy ro‘yxatga qo‘yish mumkin.

Taklif etilgan loyihaga ko‘ra, mulk ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida doimiy ro‘yxatda turish masalasini ham hal etish imkoniyati yaratilmoqda. Yaʼni, notarial idoralar, davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘chmas mulk ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan paytda yangi mulkdorni doimiy ro‘yxatga qo‘yish uchun ham murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. 

Amaldagi tartibga ko‘ra, ko‘chmas mulk ijarasi hamda tekin foydalanish shartnomasi soliq organlari axborot tizimida elektron shaklda hisobga qo‘yiladi. Biroq shartnoma hisobga qo‘yilgandan so‘ng ijarachining har bir oila aʼzosini ushbu turar joyga vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish uchun alohida murojaat qilish zarur.

Bu jarayondagi noqulaylikni bartaraf etish maqsadida loyihada ijara shartnomasini soliq organlarining axborot tizimida hisobga qo‘yish bilan bir paytda ijarachi va uning oila aʼzolarini vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish uchun ichki ishlar organlariga elektron murojaat etish imkoniyati joriy etilmoqda.

Ushbu takliflar amaliyotga tatbiq etilishi bilan yangi uyga ko‘chishda doimiy va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida murojaat etish zaruriyati bartaraf etilib, xizmat ko‘rsatuvchi organlarga qatnash bilan bog‘liq vaqt va mablag‘ xarajatlari oldi olinadi.

Qaror loyihasi 23 sentyabrgacha davom etadi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: sotib, uy, osonlashmoqda., qo‘yish, yanada, VA, olish, propiskaga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя