Главная » 2017 » Август » 21 » UMS markaziy ofisida Artel Mobile sotuvlar ofisi ochildi
14:17

UMS markaziy ofisida Artel Mobile sotuvlar ofisi ochildi


15-avgust kuni UMS’ning Toshkentdagi markaziy ofisida Artel Mobile yangi sotuvlar ofisining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Natijada, UMS’ning ko‘p sonli abonentlarida Artel mobil qurilmalarini yanada qulay sharoitda va tezkor ravishda xarid qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ta’kidlab o‘tish joizki, UMS va Artel tomonidan shop-in-shop sotuvlarini birgalikda yo‘lga qo‘yish loyihasi aynan shu kunlarda, ya’ni kompaniyalarning qo‘shma aksiyasi bo‘lib o‘tayotgan paytda amalga oshirildi. Aksiya shartlariga ko‘ra, milliy brenddagi smartfonlarni xarid qilgan abonentlar UMS mobil operatorining qulay bonuslariga ega bo‘lishi mumkin. Tantanali ochilish marosimida UMS va Artel kompaniyalari vakillari so‘zga chiqib, Artel Mobile sotuvlar ofisi uyali aloqa operatorining markaziy binosida ishlashi tajriba sifatida yo‘lga qo‘yilganligini ta’kidlashdi. Ushbu loyiha muvaffaqiyatli sinovdan o‘tsa, keyinchalik UMS’ning butun mamlakat bo‘yicha boshqa ofislariga ham tarqatish rejalashtirilayotgani haqida so‘z bordi. Tadbirga yig‘ilgan ko‘plab mehmonlar uchun Artel kompaniyasi va aloqa tarixiga oid qiziqarli savol-javoblarni o‘z ichiga olgan viktorina uyushtirildi hamda eng bilimdon ishtirokchilarga sovrin sifatida Artel mobil telefonlari taqdim etildi. Bundan tashqari, tadbirda taniqli ko‘zboylog‘ich Dmitriy Kim chiqish qilib, mehmonlarga katta-yu kichikni hayratlantiruvchi fokuslar ko‘rsatdi. Qo‘shimcha qilib o‘tish lozimki, Artel Mobile ofisi maxsus ko‘rgazma stendini o‘z ichiga olgan va bu yerda turli modellardagi tugmali telefonlar hamda smartfonlar namoyish etiladi. Mijozlar o‘zlarini qiziqtirgan mobil qurilmani stenddan topishlari, uning o‘ziga xos jihatlari bilan tanishib chiqishlari va bundan keyingina uni xarid qilish imkoniyatiga ega.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mobile Aloqa Kompaniyalari haqida | | Теги: Mobile, Artel, sotuvlar ofisi ochildi, UMS markaziy ofisida | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя