Главная » 2021 » Январь » 24 » UFC 257 musobaqasining bonus egalari ma’lum bo‘ldi. Ular orasida Mahmud Murodov ham bor
15:34

UFC 257 musobaqasining bonus egalari ma’lum bo‘ldi. Ular orasida Mahmud Murodov ham bor


Abu-Dabidagi “Jangchilar oroli”da 24-yanvar tongida UFC 257 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Promoushen matbuot xizmati kechaning eng yorqin chiqishi uchun uchratilgan bonuslar egalarini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Dastin Porye, Maykl Chendler, Mahmud Murodov va Marina Rodriges yorqin jang uchun 50 ming dollar miqdorida pul mukofotiga ega bo‘ldi.

Murodov uchinchi raunddagi texnik nokaut evaziga Endryu Sanchesni mag‘lub etdi. Porye esa asosiy jangda Makgregorni nokautga uchratdi. Maykl Chendler UFC’dagi debyut jangida nomdor Den Hukerni birinchi raundda muddatidan avval mag‘lub etdi. Rodriges esa Amanda Ribasga qarshi jangning ikkinchi raundida nokaut qayd etdi.

Musobaqaning eng yaxshi jangi esa aniqlanmadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Mahmud Murodov, ufc, musobaqasining | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя