Главная » 2021 » Октябрь » 1 » Turkiyalik mashhur hakam YeCHL o‘yinidagi xatosi uchun UEFA tomonidan jazolanadi
23:05

Turkiyalik mashhur hakam YeCHL o‘yinidagi xatosi uchun UEFA tomonidan jazolanadi


Turkiyalik bosh hakam Junayd Chaqir Yevropa Chempionlar ligasi 2-turi doirasidagi “Milan” – “Atletiko” (1:2) uchrashuvida yo‘l qo‘ygan xatosi uchun UEFA tomonidan jazolanadi.

YeCHL 2-turi doirasidagi bahsda turk hakami 29-daqiqada “rossonerilar” yetakchisi Frank Kessiga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatib, maydondan chetlatgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda italiyaliklar darvozasi tomon bahsli penalti belgilab, mezbonlarning mag‘lubiyatiga sabab bo‘lgandi — 1:2. Hakamlar qo‘mitasi Chaqirning ushbu vaziyatlardagi qarorini oqlamagan.

“La Gazzetta dello Sport” nashrining xabariga ko‘ra, Chaqir va uning video assistenti Abdulqodir Bitigen UEFA tomonidan diskvalifikatsiya qilinishi kutilmoqda. Ularning qancha muddatga chetlatilishi ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘yindan keyin “Milan” – “Atletiko” o‘yini 1:2 hisobida madridliklarning foydasiga hal bo‘lgan bo‘lib, unda “matraschilar”ning ikki goli 86 hamda 90+2-daqiqalarda kiritilgan edi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: jazolanadi, Turkiyalik, UEFA, Mashhur, hakam, YeChL | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя