Главная » 2021 » Январь » 14 » Turkiyada ozarbayjonlik erkaklar o‘zbekistonlik qizlarni zo‘rlab kelgani ma’lum bo‘ldi
17:12

Turkiyada ozarbayjonlik erkaklar o‘zbekistonlik qizlarni zo‘rlab kelgani ma’lum bo‘ldi


Inson huquqlari buzilishi markazi mutaxassislarining xabar berishicha, Turkiyada ikki ozarbayjonlik fuqaro bir necha kun davomida o‘zbekistonlik ikki qizni ushlab, zo‘rlagan. Bu haqda 13 yanvar kuni Federal yangiliklar agentligi xabar berdi.

Konya shahrida yashovchi Mehmet Demirbash ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik qizlar U. J. va S. M.lar bilan tanishdi va ular bilan bir necha kun davomida telefon orqali suhbatlashdi. Keyin u do‘sti Ulvi Akbarov bilan Istanbulda yashagan qizlarni o‘z shaharlariga taklif qildi. Ayollar taklifni qabul qilishdi, ular Selchuklu tumaniga olib kelinib, bir xonali kvartiraga joylashtirildi.

Keyinchalik Demirbash va Akbarov O‘zbekiston fuqarolarining pasportlarini olib, jinsiy zo‘ravonlik qilishgan. Shundan so‘ng ular do‘stlarini chaqirib, qizlarni qurol bilan qo‘rqitib, fohishalik qilishga majburlashgan.

Qizlar 11 yanvarga o‘tar kechasi o‘zlarini zo‘rlaganliklari va fohishalikka majburlaganliklarini aytib, polisiyaga qo‘ng‘iroq qilishdi. Polisiya xodimlari qizlarni qutqarishdi.

Keyinchalik polisiya Akbarov va Demirbashni hibsga oldi. Gumonlanuvchilarning uylarida tintuv o‘tkazish davomida huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari qurol-yarog‘, fohishabozlikda topilgan pullar va jabrlanganlarning pasportlarini topishdi.

Tergov davomida erkaklar mijozlarini olib kelgan uy yonidagi xonadonni ijaraga olganliklari aniqlandi.

Ozarbajonlik erkaklarning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik ayollarning o‘zlari ularni Istanbuldan ko‘ngil ochish uchun taklif qilishgan va ijaraga olgan kvartiralarida bir necha kunlik bazmu jamshidlarni tashkil etishgan.

Hozirda ikkala gumondor odam savdosi, fohishalikka da’vat qilish, jinsiy tajovuz kabi ayblovlar bilan hibsga olingan. Qizlar esa O‘zbekistonga deportasiya qilish uchun viloyat immigrasiya bo‘limiga o‘tkazildi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ozarbayjonlik, o‘zbekistonlik, erkaklar, Turkiyada, Zo‘rlab, qizlarni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя