Главная » 2016 » Ноябрь » 19 » Tug‘ilgandanoq qariyaga aylangan qiz, 21 yildan keyin hammani hayratga soldi!
14:08

Tug‘ilgandanoq qariyaga aylangan qiz, 21 yildan keyin hammani hayratga soldi!


Ortidan go‘zal qizni eslatuvchi qizning boshqalardan farqi yo‘qdek ko‘rinadi, ammo u o‘giriladigan bo‘lsa, odamlar dahshatga tushadi, deb xabar beradi “Marketium.ru” nashri.

Hammasi bundan yigirma bir yil ilgari boshlangandi. Irina Nejenseva yangi tug‘ilgan qizi Katyaning yuzidagi ajinlarga e’tibor berdi. Chaqaloqning yuzi kunlar emas, balki soatlar sayin qarib borardi. Vrachlar Katyaning juda kam uchraydigan irsiy nuqson – progeriya kasalligiga chalinganini aniqlashdi va u bor-yo‘g‘i bir yil umr ko‘radi deyishdi. Irinaning turmush o‘rtog‘i bu xabarni eshitib, ularni tashlab ketdi. Ketish oldidan Irinaga “Men bolaning yuziga qarashga o‘zimda kuch topolmayapman”, dedi xolos. 

Ammo Irina yagona farzandi bo‘lmish Katyaga uning umri qanchalik qisqa bo‘lmasin, baxtli bolalikni hadya etishga qaror qildi.

Vrachlarning bashoratiga qaramay, Katya barcha sog‘lom bolalar kabi voyaga yetdi. Katta bo‘lganda esa tengdoshlarining ta’na-dashnomlarini, haqorat, mazaxlarini eshitishga majbur bo‘ldi. U maktabda borganda boshqa bolalardan tubdan farq qilishini, ularga o‘xshamasligini sezdi va “Agar meni tashqi qiyofam bilan odamlar ko‘nglini zabt etolmasam, unda bilimim, mehr-muhabbatim bilan zabt etishim lozim. Axir insonning qalbi go‘zal bo‘lishi kerak...”, degan fikrga keldi. 

Katya maktabda a’lo baholarga o‘qidi, endi uning namunali xulqi xunukligini ham bildirmasdi. Agar birorta odam uni kamsitmoqchi bo‘lsa, ularga qarshi javob berishni o‘rgandi. “Men o‘z tanamni sevishni o‘rgandim. Tasavvur qiling dunyo bo‘yicha, bor-yo‘g‘i 20 nafar odamgina mening kasalligimga chalingan. Demak, men boshqalarga o‘xshamayman!”, dedi u. Katyaning optimistligi va quvnoq kayfiyati boshqa odamlarga ta’sir qilmay qolmadi. U o‘ziga ishongan qiz bo‘lib ulg‘aydi va baxtli bo‘lishni maqsad qildi.

U bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan tasodifan telefon orqali, bitta raqamni noto‘g‘ri terib, Katya bilan tanishib qoldi. Bu tanishuv to‘y bilan yakunlandi. Hozirda ularning sog‘lom o‘g‘il farzandi bor.

“Men dunyodagi eng baxtli ayolman! – deydi Katya, – faqatgina o‘zimga bo‘lgan ishonchgina meni hayotiy sinovlarni yengishimda katta yordam berdi. Sabrim evaziga taqdir menga ajoyib turmush o‘rtoq va sog‘lom o‘g‘ilni hadya etdi. Bundan ortiq baxt bo‘lishi mumkinmi?”

Bu qizning hayot yo‘liga nazar tashlab, eng dahshatli tashxis ham insondan baxtli bo‘lish huquqini olib qo‘yolmasligiga tan berasan, kishi...


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mutoala sahifa | | Теги: 21-yil, Tug‘ilgandanoq qariyaga aylangan qi, Qiz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя