Главная » 2021 » Январь » 22 » Trampning “oltin pensiyasi” miqdori ma’lum bo‘ldi
21:08

Trampning “oltin pensiyasi” miqdori ma’lum bo‘ldi


AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp yiliga 221,4 ming dollar (oyiga 18,45 ming dollar) pensiya va ijtimoiy imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega. Bu haqda CNN xabar berdi.

1958 yilda qabul qilingan sobiq Prezidentlar to‘g‘risidagi federal qonunga muvofiq imtiyozlar impichment natijasida lavozimidan ketmagan va jinoiy javobgarlikka tortilmagan sobiq davlat rahbarlariga taqdim etiladi.

Donald Tramp AQSHning sobiq Prezidentlariga to‘lanadigan “oltin pensiya”dan voz kechmadi. Ammo u bu imtiyozlardan foydalana olishi hozircha noma’lum.

Trampning prezidentlik muddati tugadi. Ammo unga nisbatan e’lon qilingan impichment masalasi hali saqlanib turibdi. So‘nggi so‘zni odatdagidek Senat aytadi.

Pensiyadan tashqari Tramp bir umrlik qo‘riqlashdan ham umid qilsa bo‘ladi. Agar sobiq birinchi xonim Melaniya ajrashmasa va boshqa odam bilan turmush qurmasa, u ham qo‘riqlanadi. Buning uchun byudjetdan yiliga 1,5 mln dollar ajratiladi.

Tramp, shuningdek, AQSHda ofis ochishi va odam yollashi mumkin. Uning xodimlari maoshining bir qismi federal byudjetdan to‘lanadi.

Sobiq Prezident va uning ikki yordamchisiga yillik ig safarlari uchun 1 million dollargacha pul to‘lanadi.

Tramp juftligi, harbiy shifoxonalar tibbiy xizmatidan ham foydalanishi mumkin, ammo buning uchun ular o‘z yonidan pul to‘lashi kerak bo‘ladi.

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: pensiyasi, Oltin, Trampning, miqdori | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя