Главная » 2022 » Ноябрь » 29 » Toshkentning aholi gavjum hududlarida 170 ta “mini-poliklinika” ish boshlaydi
17:17

Toshkentning aholi gavjum hududlarida 170 ta “mini-poliklinika” ish boshlaydi


Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda tibbiyotni har bir xonadongacha yaqinlashtirish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini shakllantirish, yurtdoshlarimizning jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan loyihani ishlab chiqdi.

Ushbu ezgu tashabbus Prezidentimizning 2022-yil 25-aprelda qabul qilingan “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ro‘yobga chiqarilmoqda.

“Toshkent tajribasi” loyihasi doirasida Toshkent shahrining 12 ta tumanida 10 800 ta ko‘p qavatli uy joylashgan mahallalar hududida 170 ta mahalla tibbiyot punktini barpo etish va 540 ming nafar aholiga tibbiy xizmatni yaqinlashtirish maqsad qilingan.

Mazkur loyihaga Yunusobod tumani tajribasi asos qilib olindi, — deydi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Anvar Alimov. — Tumanning Sobirobod mahallasida o‘rnatilgan tibbiy konteynerda ish olib borayotgan mahalla tibbiyot punkti faoliyatini ko‘rib chiqdik. Aholi bu tashabbusdan minnatdor. Bu “mini-poliklinikada” bitta tibbiy brigada faoliyat olib boryapti.

Barcha zarur dori-darmonlar, kerakli tibbiy buyumlar, jumladan, EKG va kislorod balloni kabi uskunalar bilan jihozlangan, ikkita koykali, soat 8:00dan 20:00 gacha ishlovchi “kunduzgi stasionar” ega “kichik shifoxona”da umumiy amaliyot shifokori va 2 nafar hamshira aholiga mobil tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

Bunday mahalla tibbiyot punktlari dispanser nazoratida turgan qariyalar, homilador ayollar va bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda umumiy amaliyot shifokoriga katta yengillik beradi.

Hamshiralarga shifokoroldi tibbiy ko‘riklar uchun qulaylik yaratadi.

Aholini esa oddiy ko‘riklar uchun ham poliklinikaga qatnash ovoragarchiliklaridan xalos qiladi.

Loyiha doirasida yil oxiriga qadar 40 ta konteyner jihozlanib poytaxtdagi 12 ta ko‘p tarmoqli poliklinika va 70 ta oilaviy poliklinika ixtiyoriga topshiriladi.

Ular poytaxtning aholi gavjum bo‘lgan ko‘p qavatli uylari yoniga o‘rnatilishi mo‘ljallangan. Kelgusi olti oyda esa 170 ta ana shunday mahalla tibbiyot punkti poytaxt aholisiga xizmat ko‘rsatadi.

“Toshkent tajribasi” loyihasi bu bilan cheklanmagan. Uning doirasida: poytaxtdagi 579 ta mahalla fuqarolar yig‘ini idoralarida “Salomatlik maktablari” tashkil etish;

sog‘lom turmush tarziga rioya qilgan va bu borada yuqori natijalarga erishgan fuqarolarni rag‘batlantirish;

telemedisina yordamida hamshiralar orqali bemorlarni mutaxassislar bilan bog‘lash maqsadida “onlayn patronaj” xizmatini joriy etish ham ko‘zda tutilmoqda.

Poytaxtda pilot tarzida amalga oshiriladigan loyiha olti oydan so‘ng, natijalari tahlil qilingan holda, mamlakatimizning boshqa hududlariga tatbiq etiladi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: poliklinika, gavjum, aholi, boshlaydi, Ish, 170, hududlarida, Toshkentning, mini, Ta | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя