Главная » 2017 » Март » 12 » Toshkentliklar Navro‘zni qaerda nishonlashi ma’lum qilindi
13:08

Toshkentliklar Navro‘zni qaerda nishonlashi ma’lum qilindi


Shu kunlarda butun respublikamiz bo‘ylab milliy bayram sanalmish Navro‘zni munosib qarshi olish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ko‘cha va mahallalar, guzarlarda obodonlashtirilmoqda. Ko‘chat o‘tqazilib, tomorqalar, ariqlar qishdan qolgan xaslaran tozalanmoqda.

Xo‘sh, toshkentliklar bu yil bayramni qaerda nishonlaydi? Bu kabi savollarga Toshkent shahar hokimiyati javob berdi.

Toshkent shahar hokimining qaroriga ko‘ra, 21 mart kuni tumanlar kesimida 20 dan ziyod maydon va istirohat bog‘larida maxsus tayyorlangan sahnalarda qadimiy urf-odatlarimizga xos bo‘lgan dorbozlar, qiziqchilar, xalq teatri vakillari, askiyachilar, badiiy havaskorlik jamoalari, folklor-etnografik ansambllar, sirk artistlari, baxshilar, shoirlar, shuningdek professional ijrochilar va iste’dodli estrada artistlarining chiqishlari hamda ommaviy sport o‘yinlari (polvonlar musoboqasi, arqon tortish va hokazo) tashkil etiladi. Navro‘z sayillari bo‘lib o‘tadigan maydonlar, sayilgohlar, istirohat bog‘larida milliy va bahor taomlari savdosi yo‘lga qo‘yiladi.

Bayram tadbirlari Toshkent shahrining quyidagi maydon va bog‘larida o‘tkaziladi:

1. Shayxontohur tumanida joylashgan “Lokomotiv – Anhor” madaniyat va istirohat bog‘i yonidagi maydon;

2. Bektemir tumanida joylashgan “Quyoshcha nuri” madaniyat va istirohat bog‘i hududi;

3. Bektemir tumanidagi Binokor shaharchasi;

4. Mirobod tumanida joylashgan “Furqat” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i;

5. “Temiryo‘lchilar” madaniyat saroyi;

6. “Mirzo Ulug‘bek” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i;

7. M. Shastri maydoni yonidagi hudud (sobiq Hayvonot bog‘i);

8. “Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog‘i;

9. Akademiklar shaharchasidagi Mirzo Ulug‘bek haykali orqasidagi maydon;

10. Sergeli tumanida joylashgan “Green Park” madaniyat va istirohat bog‘i;

11. Sergeli tumani hokimligi yonidagi “Kamolot” bog‘i hududi;

12. Uchtepa tumanida joylashgan “Bog‘i shamol” madaniyat va istirohat bog‘i;

13. Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i;

14. Olmazor tumanida joylashgan “Nurafshon” madaniyat va istirohat bog‘i;

15. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy bog‘i;

16. G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i;

17. O‘zbek Davlat sirki oldi maydoni;

18. Shayxontohur tumanidagi “Ibn Sino” mavzesida yangitashkil etilgan bog‘ hududi;

19. Yunusobod tumanidagi Saylgoh maydoni;

21. Toshkent Hayvonot bog‘i oldi maydoni;

22. Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i;

23. A. Pushkin bog‘i hududi Respublika Baynalmilal madaniyat markazi binosi oldi;

24. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Ma’naviyat ma’rifat markazi (sobiq “Aviasozlar” madaniyat saroyi) maydoni;


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Navro‘z, Toshkentliklar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя