Главная » 2022 » Сентябрь » 29 » Toshkentga 190 dona katta sig‘imli avtobuslar keltiriladi
19:05

Toshkentga 190 dona katta sig‘imli avtobuslar keltiriladi


“Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati boshlig‘i – matbuot kotibi Muslima Obidova yangi avtobuslar keltirilishi haqida ma’lumot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan poytaxtga yangi avtobuslar olib kelinadi. Xususan, “TRUCK AND BUS TRADE GROUP” MCHJ tomonidan yil yakuniga qadar 190 dona MAN A22 CNG rusumli katta sig‘imli avtobuslar keltiriladi.

Bu rusumdagi avtobuslar toshkentliklarga yaxshi ma’lum: ular 30 ta o‘tirish va 60 turish o‘rniga mo‘ljallangan, kondisionerlar bilan jihozlangan, siqilgan tabiiy gazda ishlaydi va bu toza havoni asrash uchun juda muhim. Sotib olingan avtobuslar ishlab turgan avtobuslar qatoriga kiritilib, hozir ularning qaysi yo‘nalishlarga chiqishi ko‘rib chiqilmoqda. Ehtimol, ba’zi yo‘nalishlarda ular kam sig‘imli ISUZUlarning o‘rnini egallaydi.

Yil yakunigacha yana 25 ta o‘tirish va 31 ta turish o‘rniga ega bo‘lgan 85 dona SAZ LE-60 o‘rta sig‘imli avtobuslar ham olib kelinadi. Ular joriy yilda xarid qilingan shu rusumdagi 115 dona avtobuslarga qo‘shiladi.

Yutong rusumidagi 20 dona elektrobusdan iborat parkka joriy yilda yangi elektrobuslar qo‘shilmaydi, ular kelgusi yilda olib kelinadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: avtobuslar, sig‘imli, 190, keltiriladi, Dona, katta, Toshkentga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя