Главная » 2022 » Сентябрь » 11 » Toshkentdagi maktabda IIB xodimlari qo‘lida qaychi bilan o‘quvchilarni tekshirganiga izoh berildi
17:53

Toshkentdagi maktabda IIB xodimlari qo‘lida qaychi bilan o‘quvchilarni tekshirganiga izoh berildi


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 142-sonli maktabda ichki ishlar organlari xodimlari, maktab ma’muriyati hamda o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan profilaktik suhbat jarayoni aks etgan video va fotosurat tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Poytaxt IIBB matbuot xizmati bunga izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, 10-sentabr kuni soat 08:30 larda maktab rahbariyati va voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor psixologlar ishtirokida o‘quvchilar o‘rtasida “Davomat” va “Tig‘” tadbirlari bo‘yicha profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

Profilaktik tadbir jarayonida 11-sinf o‘quvchisi B.M. yonida g‘ilofsiz holda kanselyariya qaychisini olib yurgani aniqlangan. Maktab o‘quvchilariga sovuq qurol, jumladan, o‘tkir tig‘li buyumlarni olib yurish taqiqlangani, kanselyariya qaychisini darsda foydalanish uchun g‘ilofda sumkada olib yurish mumkinligi tushuntirilgan.Shuningdek, profilaktik suhbat jarayonida maktab direktori tomonidan o‘quvchilarga maktabda kiyim kiyish qoidalari, tashqi ko‘rinishga ahamiyat berish kerakligi tushuntirilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qaychi, o‘quvchilarni, izoh, xodimlari, toshkent, tekshirganiga, IIB, berildi, Maktab, bilan, qo‘lida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя